uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

1-dekabr - Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni: talabalar bilan profilaktik suhbat

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida “1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni” munosabati bilan “OITS taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Bugun, 28-noyabr sanasida filialning sirtqi ta’lim yo‘nalishi 203-22-guruh talabalari bilan “1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni” doirasida “OITS taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda direktorning birinchi o‘rinbosari A.Saparbayev OITS kasalligining xavfi, uning inson salomatligiga yetkazadigan jiddiy zararlar, profilaktika choralari hamda yoshlarning bu boradagi bilim va ogohligini oshirishning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berdi.
Uchrashuv davomida talabalar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va zarur ogohlikni shakllantirishdir.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar