uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

“Xalqaro Tajriba — Yangi Ilhom”: Filialda ijodiy uchrashuv tashkil qilindi

Bugun, 26-noyabr sanasida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida ijodiy uchrashuv tashkil qilindi. 
Uchrashuv avvalida filial direktori M.Kuchkarov, filial professori G.Matyoqubovani xalqaro festivaldagi yuksak ishtiroki uchun tashakkurnoma bilan taqdirladi.
Tadbir avvalida fakultet dekani M.Amanbayeva so‘zga chiqib, professorning xalqaro maydondagi faoliyati va festival ahamiyatiga to‘xtaldi hamda talabalarga bunday uchrashuvlarning ijodiy o‘sishdagi o‘rni haqida fikr bildirdi.
Shundan so‘ng filial professori 14–17-noyabr kunlari Hindistonda bo‘lib o‘tgan “Lazgi va hind raqslari” xalqaro festivalidagi ishtiroki, o‘sha yerda olgan taassurotlari hamda xalqaro tajribaning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berdi.
Tadbir talabalar uchun katta motivatsiya bo‘lib, ularning ijodiy qarashlari va mahoratini yanada boyitdi.



O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar