uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Talabalar turar joyida “Osh chempionati” bo‘lib o‘tdi!

 Bugun filialimiz yotoqxonasida Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan talabalar o‘rtasida “Osh chempionati” tashkil etildi.
 Chempionatda talabalar Qoraqalpoqcha, Buxorocha, Samarqandcha va Xorazmcha osh tayyorlab, o‘z hududlariga xos ta’mlar, sir-asrorlar va milliy qadriyatlarni namoyish etishdi. 
 Tadbir davomida ishtirokchilar nafaqat pazandalik mahoratini, balki do‘stlik va jamoaviylik muhitini ham namoyon etishdi.
 Kuchli raqobat, mehr va quvonchli muhitda o‘tgan bellashuv yakunida:
 1-o‘rin — Do’sjanova Dina  2-o‘rin — Qallibekov Nursultan
 3-o‘rin — Abibullayeva Nag’ima 
G‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.
Bunday tadbirlar talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, milliy an’analarimizni asrab-avaylash va yoshlar o‘rtasida do‘stlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.


O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

“Toza qo‘llar” dasturi doirasida sanitariya-gigiyena sharoitlari o‘rganildi.
"Talaba Expo – 2025"da O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali talabalari ishtirok etmoqda
“Kelajak soati” – Boqiy shaharlar sari!
“Masʼuliyatli ota-onalik” loyihasi doirasida 16 soatlik o‘quv kursi tashkil etildi

Videolavhalar