uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

2026-yil 4-iyun kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda filial direktori M.B.Kuchkarov ayni kunlarda yakuniy davlat imtihonlarini topshirayotgan 4-bosqich talabalari bilan samimiy muloqot qildi. Direktor talabalarning imtihonlarga puxta tayyorgarlik ko‘rganliklarini ta’kidlab, ularga sinov jarayonlarida muvaffaqiyat va omad tiladi. Shuningdek, bitiruvchilarni kelgusidagi kasbiy faoliyatlarida yuksak natijalarga erishishga undadi. 

Tadbirda filialning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi M.Nurullayev ham ishtirok etdi.

Uchrashuv samimiy ruhda o‘tib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Tadbir yakunida bitiruvchi talabalar uchun ezgu tilaklar bildirildi.




O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar