uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

“Korrupsiyaga qarshi kurashish – adolatli jamiyat sari qadam”

Bugun, 8-oktabr kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida davra suhbati tashkil qilindi.
Tadbirda filial professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari faol ishtirok etishdi.
Davra suhbati davomida filial direktori M. Kuchkarov hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi M.Nurullayevlar so‘zga chiqib, korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, unga qarshi kurashishda har bir fuqaroning mas’uliyati va halollik tamoyillarining ahamiyati haqida fikr yuritishdi.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilar tomonidan korrupsiyasiz, halol mehnat va adolatli jamiyat barpo etish yo‘lida barchaning hamkorligi muhimligi ta’kidlandi.


O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar