uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

“Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz” mavzusida tadbir bo'lib o'tdi

Bugun, 7-oktabr sanasida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida 11-oktabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan davra suhbati tashkil qilindi.
“Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz”  mavzusidagi tadbirda filial xotin-qizlar kengashi raisi Barno Sapayeva, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi mutaxassisi Qurbonbika O‘razmetova, dekan o‘rinbosari Muyassar Ollaberganova hamda Urganch shahridagi “Gulzor” mahallasi xotin-qizlar faoli, Shoira Bopbojonova ishtirok etishdi.
Ular talabalar bilan qizlarning jamiyatdagi o‘rni, ularning ma’naviy kamoloti, oila va ta’limdagi faolligini oshirish masalalari yuzasidan samimiy suhbat olib borishdi. 
Tadbir davomida talabalarga o‘z orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish, o‘zlariga ishonch bilan qarash va jamiyatda faol bo‘lish zarurligi ta’kidlandi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar kuni doirasida uchrashuv hamda intellektual o'yin tashkil qilindi.
Kiber xavfsizlik va giyohvandlikka qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Ilm yo‘lida izlanayotgan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
“Narkojinoyatga qarshi kurash — har birimizning burchimiz!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Videolavhalar