uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Ustozlarga hurmat – ezgu an’ana


Bugun, 30-sentabr sanasida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida  "1-oktabr –O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan tadbir tashkil qilindi.


“Ustozga ehtirom” shiori ostida bo‘lib o‘tgan tadbirni filial direktori Maxsudjon Kuchkarov tabrik so‘zi bilan ochib berdi. 


Tadbir davomida, talaba-yoshlar ustozlarga bag‘ishlab she’r va qo‘shiqlar aytishdi, ezgu tilaklar bildirishdi. Go‘zal raqslari bilan bayramona kayfiyat ulashishdi.


Bayram munosabati bilan bir guruh professor-o‘qituvchilarga  filial rahbariyati tomonidan faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin, aziz ustozlar!









O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

KASBIY (IJODIY) IMTIHONLAR NATIJALARI
3-bosqich talabalari "Yiseniya" raqsi bilan ijodiy mahoratini namoyish etdi
“Oʻzbek raqsini oʻrganish uslubiyati” fanidan yakuniy nazorat imtihoni o‘tkazildi
Shovot tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Videolavhalar