Bugun, 26-sentabr kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida talabalarga oilaning muhim qadriyat sifatidagi ahamiyati, erta nikohning salbiy oqibatlarini tushuntirish hamda oilaviy muammolarni bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan “Maslahat soatlari” tashkil etildi.
Tadbirda filial xotin-qizlar kengashi raisi Barno Sapayeva ishtirok etib, talabalarga mustahkam oila qurish, mas’uliyatli qaror qabul qilish va hayotiy muammolarni to‘g‘ri hal etish yo‘llari haqida batafsil tushuntirish berdi.
Shuningdek, suhbat jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, o‘z muammolari yuzasidan maslahatlar olishdi.
Uchrashuv samimiy muloqot ruhida o‘tib, yoshlarda oilaviy qadriyatlarga nisbatan yanada ongli va mas’uliyatli yondashuvni shakllantirishga xizmat qildi.
Bog'lanish ma'lumotlari
O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy
+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz
Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00
