Bugun, 25-sentabr kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida samimiy va hayajonli xayrlashuv tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda filial rahbariyati hamda xodimlar birgalikda yig‘ilib, uzoq yillar filialda samarali faoliyat yuritgan filialning O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sanjar Otamuratov bilan xayrlashdilar.
Filial direktori Maxsudjon Kuchkarov, direktorning birinchi o‘rinbosari Otabek Saparbayev, Xoreografiya fakulteti dekani Munavvara Omanboyeva, Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi Usmon Qalandarov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplens nazorat” bo‘limi bosh mutaxassisi Muhammadjon Nurullayev so‘zga chiqib, Sanjar Otamuratovning faoliyati davomida amalga oshirgan samarali ishlari, tashabbuslari va jamoaga qo‘shgan hissasini yuksak baholab, unga minnatdorlik bildirdilar.
Tadbir yakunida milliy qadriyatlarimiz ramzi sifatida Sanjar Otamuratovga chapon kiygizildi. Bu ezgu an’ana hamkasblarining hurmati, ehtiromi va kelgusi faoliyatiga bildirgan ezgu tilaklarining ifodasi bo‘ldi.
Samimiy tilaklar ila o‘tkazilgan xayrlashuv tadbiri barcha ishtirokchilar uchun ta’sirchan va esda qolarli bo‘ldi.
Bog'lanish ma'lumotlari
O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy
+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz
Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00
