uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

“Xon atlas” jilosi – Milliy liboslar kuni O‘zDXAUFda bayramona nishonlandi.

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida “Xon atlas” oyligi doirasida Milliy liboslar kuni katta tantana va bayramona kayfiyatda o‘tkazildi.
Tadbirda professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda xodimlar milliy liboslarda ishtirok etib, o‘zbek xalqining boy tarixiy merosi, milliy an’ana va qadriyatlarini namoyon qildilar.

Milliy liboslar – xalqimizning o‘ziga xos turmush tarzi, didi va ma’naviy olamini aks ettiruvchi bebaho boylik sanaladi. Ayniqsa, “Xon atlas”, “Adras”, “Baxmal” kabi matolar asrlar davomida xalqimizning milliy o‘zligini ifodalab kelmoqda. Shu bois, ushbu tadbir nafaqat estetik zavq ulashdi, balki yoshlarda milliy qadriyatlarga hurmat va sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirdi.
Dastur davomida talabalar tomonidan tayyorlangan milliy raqslar, liboslar namoyishi tadbirga yanada fayz bag‘ishladi. 

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Iqtidorli yoshlarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i
“Toza qo‘llar” dasturi doirasida sanitariya-gigiyena sharoitlari o‘rganildi.
“Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz” mavzusida tadbir bo'lib o'tdi
“5 tashabbus” doirasida sport va sog‘lom turmush targ‘ib qilindi.

Videolavhalar