uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

"lAZGI" MUZEYIDA YANA BIR MAZMUNLI TADBIR BO'LIB O'TDI.

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialiga Oltin Meros xayriya jamg‘armasi rahbari, ulkashunos tarixchi olim Komiljon Nurjonov tashrif buyurdi. Tashrif davomida filial talabalari bilan mazmunli uchrashuv tashkil etildi.
Dastlab tarixchi olim  filial “Lazgi” muzeyiga tashrif buyurib, undagi boy tarixiy eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar. K.Nurjonov talabalarga Xorazmning qadimiy san’ati, milliy qadriyatlari va xalq og‘zaki ijodining betakror namunasi bo‘lgan Lazgi raqsining tarixiy ildizlari haqida gapirdi.
Komiljon Nurjonov yoshlar bilan samimiy muloqot davomida jahon tamadduni tarixida o‘chmas iz qoldirgan Avesto kitobi, unda ilgari surilgan g‘oyalar va qadriyatlar haqida atroflicha ma’lumot berdi. 
Shuningdek, Lazgi raqsining nafaqat xalqimiz, balki butun dunyo miqyosida qadrlanayotgan ulkan madaniy meros ekani haqida so‘z yuritdi.
Uchrashuv talabalarda katta taassurot qoldirib, ularning milliy an’analarimiz, tarixiy ildizlarimiz va ma’naviy merosimizga bo‘lgan qiziqishlarini yanada mustahkamladi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar