uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Ma’naviyat saboqlari: Qatag‘on qurbonlari xotirasiga hurmat

Bugun, 16-sentabr sanasida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali talabalari Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyiga tashrif buyurishdi.
 Ushbu tashrif davomida talabalar o‘z tariximizning og‘ir va saboqli sahifalari bilan yaqindan tanishib, mustaqillik va tinchlikning qadriga yanada chuqurroq yetishdi. Muzey ekspozitsiyalarida aks etgan hujjatlar, tarixiy manbalar va eksponatlar yoshlarning milliy xotira va ma’naviy merosga bo‘lgan hurmatini oshirdi.
Tashrif jarayonida yoshlarga O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning 1-o‘rinbosari Atabek Saparboyev hamda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Nodir Ummataliyev hamrohlik qildi.
Mazkur tashrif talabalarda tarixiy xotira, vatanparvarlik va ma’naviy mas’uliyat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga, shuningdek, mustaqil fikrlash va tarixiy manbalarni tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.


O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar kuni doirasida uchrashuv hamda intellektual o'yin tashkil qilindi.
Kiber xavfsizlik va giyohvandlikka qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Ilm yo‘lida izlanayotgan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
“Narkojinoyatga qarshi kurash — har birimizning burchimiz!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Videolavhalar