uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

“AVESTO” VA JAHONGASHTA “LAZGI” KITOBI TAQDIMOTI.

Bugun Mahmud az-Zamaxshariy kutubxonasida Komil Nurjonov, Shuhrat Saparov va Sharqiya Eshjonovalarning muallifligida chop etilgan “Avesto va Jahongashta Lazgi” nomli kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali xodimlari va talabalari faol ishtirok etishdi. Ular kitobning mazmun-mohiyati, undagi ilmiy-nazariy qarashlar, “Avesto” kitobi bilan milliy raqs san’atimiz — Lazgi o‘rtasidagi tarixiy va falsafiy bog‘liqlik haqidagi ma’lumotlar bilan yaqindan tanishdilar.
Taqdimot talabalarda katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, Lazgining jahon miqyosida qadrlanishi va uning o‘zbek xalqining qadimiy madaniy merosi sifatida taqdim etilishi yoshlar qalbida milliy g‘ururni yanada mustahkamladi.
Mazkur uchrashuv nafaqat kitob taqdimoti, balki ilmiy-ma’rifiy hamkorlik, yoshlarni milliy merosimizni chuqurroq o‘rganishga undovchi muhim madaniy tadbir sifatida ham ahamiyat kasb etdi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar kuni doirasida uchrashuv hamda intellektual o'yin tashkil qilindi.
Kiber xavfsizlik va giyohvandlikka qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Ilm yo‘lida izlanayotgan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
“Narkojinoyatga qarshi kurash — har birimizning burchimiz!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Videolavhalar