uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali talabalari Qatag‘on qurbonlari muzeyiga tashrif buyurishdi.

2025-yil 4-sentabr kuni O‘zDXAUF 1-bosqich talabalari Urganch shahrida joylashgan Qatag‘on qurbonlari muzeyiga tashrif buyurishdi. Ushbu tashrif maqsadi yoshlarga tarixiy xotirani asrab-avaylash, o‘tmishdan saboq olish va milliy qadriyatlarni chuqur anglashga yordam berishdan iborat bo‘ldi.

Tadbirda filial direktori M. Kuchkarov ham ishtirok etdi. U talabalarga o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, mazkur muzeyning yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni haqida so‘z yuritdi.Muzey xodimlari tomonidan talabalar uchun ekskursiya tashkil etilib, ularga 1937–1938-yillardagi qatag‘on davri, begunoh qurbon bo‘lgan ma’rifatparvarlar, siyosiy arboblar va ziyolilar hayoti haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Talabalar tarixiy hujjatlar, suratlar va eksponatlar bilan yaqindan tanishishdi.

Tashrif davomida talabalar mamlakatimiz tarixida sodir bo‘lgan og‘ir sinovlar va bu davrda xalqimiz ko‘rgan zulmlar haqida chuqur taassurotga ega bo‘lishdi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar