O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida talaba-yoshlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, ularni zamonaviy jamiyatda faol va salohiyatli shaxs sifatida shakllantirish maqsadida “Kelajak soati” mashg‘ulotlari muntazam tashkil etilmoqda.Mashg‘ulot davomida inson kapitalining mazmun-mohiyati, uning jamiyat va davlat taraqqiyotidagi o‘rni, yoshlarning bilim olishi, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishi hamda o‘z ustida muntazam ishlashi muhimligi haqida fikr yuritildi. Talabalarga bugungi kunda bilim, salohiyat, ijodkorlik va zamonaviy ko‘nikmalar inson kapitalining asosiy tarkibiy qismlari ekanligi tushuntirildi.

Bog'lanish ma'lumotlari
O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy
+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz
Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00
