uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Davlat ramzlari — milliy g‘urur va iftixor timsoli

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida 1-bosqich talabalari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda filial direktorining birinchi o‘rinbosari M.Amanbayeva hamda Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi mutaxassisi Q.O‘razmetova ishtirok etib, talabalarga davlat ramzlarining mazmun-mohiyati, ularning tarixiy ahamiyati va xalqimiz hayotidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berdilar.

“Tarixiy xotira, ma’naviy va ruhiy tarbiya — Yangi O‘zbekiston poydevori” shiori ostida o‘tkazilgan suhbat davomida davlat bayrog‘i, gerbi va madhiyasi xalqimizning milliy g‘ururi, vatanparvarligi va istiqlolining muhim timsollari ekani ta’kidlandi.
Shuningdek, talabalarga davlat ramzlarini hurmat qilish, ularga sadoqat bilan munosabatda bo‘lish, tarixiy xotirani asrash va yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat tuyg‘usini yanada mustahkamlash borasida zarur tushunchalar berildi.

Uchrashuv samimiy va mazmunli ruhda o‘tib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar