uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

AKADEMIYA REKTORI FILIAL XODIMLARI HAMDA TALABALAR BILAN UCHRASHDI

Kuni kecha 2026-yil 8-sentabr kuni  O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori SH.M.To‘xtasimov O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialiga tashrifi davomida talabalar hamda filial ishchi-xodimlari bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi.
Uchrashuvlarda filial faoliyati, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari, ta’lim sifatini yanada oshirish, talabalar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda jamoa oldida turgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Muloqot davomida talabalar va ishchi-xodimlarning fikr-mulohazalari hamda takliflari tinglanib, filial faoliyatini yanada rivojlantirish, ish samaradorligini oshirish va ta’lim jarayonini yuqori saviyada tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, rektor O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan talabalar va filial jamoasini samimiy muborakbod etib, barchaga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, o‘qish va mehnat faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.







O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar