uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

“Mustaqillik dars”lari — yangi o‘quv yilining ilk mashg‘ulotlari

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida 2026–2027-o‘quv yilining dastlabki mashg‘ulotlari “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostidagi “Mustaqillik dars”lari bilan boshlandi.

Dastlabki mashg‘ulotni filial direktori M.B.Kuchkarov 1-bosqich talabalari bilan olib bordi. Dars davomida talaba-yoshlarga Vatanimiz mustaqilligining tarixiy ahamiyati, istiqlol yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, O‘zbekistonning taraqqiyot bosqichlari hamda bugungi kunda erishilayotgan yutuqlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Shuningdek, suhbat davomida mustaqillik yillarida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning zamonaviy bilim va kasbiy ko‘nikmalarni egallashi, yurtimiz taraqqiyotidagi faol ishtiroki hamda Vatanga sadoqat tuyg‘usini yanada mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

⚡️“Mustaqillik dars”lari yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va yurt kelajagiga daxldorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Yangi o‘quv yilining ilk mashg‘ulotlari talaba-yoshlarda katta taassurot va yangi maqsadlar uyg‘otdi.








O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar