uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Yangi o‘quv yili tantanali marosim bilan boshlandi

Bugun, 2026-yil 7-sentabr kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Unda filial professor-o‘qituvchilari, xodimlar hamda talabalikka tavsiya etilgan 1-bosqich talabalari ishtirok etdi.

Tantanali marosimni filial direktori Maksudjon Kuchkarov ochib berib, yangi o‘quv yili ostonasida turgan yoshlarni samimiy muborakbod etdi. U o‘z so‘zida talabalarga yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash, ustozlar sabog‘ini puxta o‘zlashtirish hamda kelgusida milliy xoreografiya san’ati rivojiga munosib hissa qo‘shishlarida muvaffaqiyat tiladi.

Tadbirda filial professori, O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Matyoqubova hamda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasidan tashrif buyurgan mehmonlar so‘zga chiqib, yangi talabalarga ezgu tilaklarini bildirdilar.

Marosimning eng hayajonli va unutilmas lahzalaridan biri 1-bosqich talabalarining “Talabalik qasamyodi”ni qabul qilishi bo‘ldi. Talabalar ushbu qasamyod orqali tanlagan kasbiga sadoqatli bo‘lish, ustozlarini hurmat qilish, bilim olishga intilish va yurtimiz xoreografiya san’ati ravnaqiga munosib hissa qo‘shishga tantanali ravishda va’da berdilar. Tantanali tadbir yangi o‘quv yilining ko‘tarinki kayfiyat, ezgu maqsadlar va katta umidlar bilan boshlanishiga zamin yaratdi.

Barcha 1-bosqich talabalarini talabalik maqomiga ega bo‘lganlari bilan muborakbod etamiz! Ularga yangi o‘quv yilida ulkan zafarlar, ijodiy parvozlar va yorqin muvaffaqiyatlar tilaymiz!







O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar