uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Yoshlar kuni doirasida faol yoshlar bilan uchrashuv

Bugun O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali direktori M.B.Kuchkarov Xorazm viloyatining bir guruh faol yoshlari bilan uchrashdi.

“Payshanba — yoshlar kuni” doirasida tashkil etilgan mazkur uchrashuv davomida yoshlar filialning yangi binosiga tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

“Rahbar va yoshlar uchrashuvi” doirasida o‘tgan samimiy muloqotda direktor M.B.Kuchkarov yoshlarning xoreografiya san’ati, ta’lim jarayoni hamda sohadagi imkoniyatlarga oid savollariga batafsil javob berdi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr va takliflarini ham bildirdilar.
Tashrif davomida yoshlar o‘quv mashg‘ulot xonalari, zamonaviy infratuzilma hamda talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.

Bunday uchrashuvlar yoshlar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda xoreografiya san’atiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.





O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar