uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

3-bosqich talabalari "Yiseniya" raqsi bilan ijodiy mahoratini namoyish etdi

2026-yil 26-iyun kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida 3-bosqich talabalarining "Raqs kompozitsiyasi asoslari" fanidan yakuniy nazorat imtihoni bo‘lib o‘tdi.

Yakuniy nazorat imtihoni fan o‘qituvchisi M.Pirmagambetova rahbarligida tashkil etildi. Imtihonni X.Saitov qabul qildi.
Imtihon davomida 3-bosqich talabalari "Yiseniya" nomli sigan raqsini sahnalashtirib, o‘zlarining nazariy va amaliy bilim hamda ijodiy mahoratlarini namoyish etdilar.

Yakuniy nazorat jarayonini kafedra mudiri N.Abdiramanov, Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens-nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi M.Nurullayev hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi bosh mutaxassisi D.Atabayeva kuzatib bordilar.

Imtihon belgilangan tartib va mezonlar asosida shaffof hamda xolisona tashkil etildi. Talabalarning sahnalashtirgan chiqishlari ularning ijodiy yondashuvi, sahna madaniyati va raqs kompozitsiyasini yaratish bo‘yicha egallagan bilim va ko‘nikmalarini namoyon etdi.







O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

3-bosqich talabalari "Yiseniya" raqsi bilan ijodiy mahoratini namoyish etdi
KASBIY (IJODIY) IMTIHONLAR NATIJALARI
“Oʻzbek raqsini oʻrganish uslubiyati” fanidan yakuniy nazorat imtihoni o‘tkazildi
Shovot tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Videolavhalar