uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

“Oʻzbek raqsini oʻrganish uslubiyati” fanidan yakuniy nazorat imtihoni o‘tkazildi

2026-yil 25-iyun kuni Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida 3-bosqich talabalari uchun “Oʻzbek raqsini oʻrganish uslubiyati” fanidan yakuniy nazorat imtihoni boʻlib oʻtdi.

Imtihon davomida talabalar fan boʻyicha egallagan nazariy bilimlari va amaliy koʻnikmalarini namoyish etdilar. Yakuniy nazorat jarayoni amaldagi tartib va belgilangan talablar asosida tashkil etildi.

Yakuniy nazorat imtihonini Mariya Pirmagambetova qabul qildi. Talabalarning bilim va malakalari xolisona baholanib, ularning fan boʻyicha tayyorgarlik darajasi aniqlandi.

Imtihon jarayonlarini filialning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi M.Nurullayev hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi bosh mutaxassisi D.Atabayeva kuzatib bordilar. Kuzatuv jarayonida imtihonning ochiqligi, shaffofligi va belgilangan tartiblarga muvofiq o‘tkazilishi nazorat qilindi.






O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar