uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Sogʻlom turmush tarzi – farovon hayot garovi

2026-yil 25-iyun kuni Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida Sogʻlom turmush tarzi kuni mavzusida “Rahbar va yoshlar”  uchrashuvi tashkil etildi. Tadbir davomida filial direktori M.B.Kuchkarov talabalar bilan ochiq muloqot olib bordi.

Uchrashuvning asosiy mavzusi sogʻlom turmush tarzini targʻib etish va yoshlar oʻrtasida sogʻlom hayot madaniyatini shakllantirish masalalariga bagʻishlandi. Suhbat jarayonida muntazam jismoniy faollik, toʻgʻri ovqatlanish, zararli odatlardan voz kechish hamda boʻsh vaqtni mazmunli tashkil etishning ahamiyati haqida fikr almashildi.

Shuningdek, talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ularga batafsil javoblar oldilar. Uchrashuv samimiy va qizgʻin ruhda oʻtib, yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglandi. Bunday muloqotlar yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning fikr va mulohazalarini oʻrganishda muhim ahamiyat kasb etadi.





O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar