uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Bitiruv malakaviy ishining ijodiy jarayoni va hisobot konsert dasturi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialining 101/22-guruhi talabalari tomonidan tayyorlangan Bitiruv malakaviy ishining ijodiy jarayoni hamda hisobot konsert dasturi yuqori saviyada tashkil etildi.

Tadbirda talabalarning kasbiy tayyorgarligi, ijodiy salohiyati va sahna mahoratini baholash maqsadida malakali mutaxassislardan iborat attestatsiya komissiyasi faoliyat olib bordi.

Komissiyaga O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “Xoreografiya” kafedrasi dotsenti Abduhakimova Durdona Mamatjanovna raislik qildi.
Komissiya a’zolari:
O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali “Xoreografiya” kafedrasi professori, O‘zbekiston xalq artisti Gavxarxonim Matyaqubova;
O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali “Xoreografiya” kafedrasi professori, O‘zbekiston xalq artisti Abibulla  Sharipov;
Qoraqalpog‘iston davlat filarmoniyasi bosh baletmeysteri Gulbaxor Qabulova ;
O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali “Xoreografiya” kafedrasi mudiri NukusboyAbdiramanov .

Hisobot konsert dasturida talabalar turli milliy va sahna raqslarini ijro etib, o‘zlarining ijodiy imkoniyatlari hamda egallagan bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdilar. Jumladan, “Oy va sahro afsonasi”, “Ayjamol” qoraqalpoq milliy baletidan parchalar, “Intizor raqsi”, Surxon raqsi, Qoraqalpoq qiz-yigitlar raqsi, “Suxayl va Mehri” spektaklidan tojikcha raqs, “Tamanno”, “Buxoro mavjlari”, “Cho‘girma sotuvchi bobo” raqsi hamda milliy san’atimizning durdonasi bo‘lgan Lazgi raqsi mahorat bilan ijro etildi.

Mazkur chiqishlarni sahnalashtirish va talabalarning ijodiy tayyorgarligida o‘qituvchi Xabibulla Saitovning mehnati alohida e’tirof etildi. U talabalarning sahna madaniyati, ijro mahorati va badiiy didini shakllantirishda munosib hissa qo‘shdi.

Konsert davomida talabalar o‘zlarining bor mahorati, iste’dodi va ijodiy izlanishlarini namoyon etib, tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdilar. Tadbirni filial professor-o‘qituvchilari, xodimlari, talabalar hamda bitiruvchilarning ota-onalari va yaqinlari kuzatib, yosh ijodkorlarning chiqishlarini qizg‘in olqishladilar.

Ushbu hisobot konserti talabalarning ko‘p yillik ta’lim jarayonida egallagan bilim va ko‘nikmalarini amaliy jihatdan namoyish etish, milliy raqs san’atini targ‘ib qilish hamda kelajakdagi ijodiy faoliyatlari uchun muhim tajriba maktabi bo‘lib xizmat qildi.

















O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

KASBIY (IJODIY) IMTIHONLAR NATIJALARI
3-bosqich talabalari "Yiseniya" raqsi bilan ijodiy mahoratini namoyish etdi
“Oʻzbek raqsini oʻrganish uslubiyati” fanidan yakuniy nazorat imtihoni o‘tkazildi
Shovot tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Videolavhalar