uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Rahbar va yoshlar uchrashuvi hamda “Ko‘ngillilik – kelajak” mavzusida munozara forum bo‘lib o‘tdi

Bugun, 2026-yil 18-iyun kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida rahbar va yoshlar uchrashuvi hamda Volontyorlik madaniyatini shakllantirish kuni  doirasida “Ko‘ngillilik – kelajak” mavzusida munozara forum tashkil etildi.

Tadbirda filial direktori M.B.Kuchkarov talaba-yoshlar bilan samimiy muloqot olib bordi. Shuningdek, forum davomida ko‘ngillilik faoliyatining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, volontyorlik harakatlarini keng rivojlantirish hamda bu boradagi istiqbolli tashabbuslar muhokama qilindi.

Suhbat davomida talabalarning ta’lim jarayoni, ijodiy faoliyati, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi. Talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, taklif va mulohazalarini bildirdilar.

Filial direktori tomonidan yoshlarning tashabbuslari va intilishlari qo‘llab-quvvatlanishi, ular uchun zarur shart-sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Forum ishtirokchilari esa ko‘ngillilik faoliyatining shaxsiy rivojlanish, ijtimoiy mas’uliyat va liderlik ko‘nikmalarini shakllantirishdagi ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdilar.

Uchrashuv va munozara forumi ochiq muloqot hamda do‘stona ruhda o‘tib, talaba-yoshlar uchun foydali va mazmunli bo‘ldi.




O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

KASBIY (IJODIY) IMTIHONLAR NATIJALARI
3-bosqich talabalari "Yiseniya" raqsi bilan ijodiy mahoratini namoyish etdi
“Oʻzbek raqsini oʻrganish uslubiyati” fanidan yakuniy nazorat imtihoni o‘tkazildi
Shovot tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Videolavhalar