uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Xorazm viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirokida “Talaba Fest” festivali bo‘lib o‘tdi.


Urganch davlat universiteti hududida tashkil etilgan mazkur festival yoshlarning iqtidorini namoyon etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda talaba-yoshlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qildi.
Festivalda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari ham faol ishtirok etishdi.
 Tadbir davomida turli madaniy-ma’rifiy dasturlar, ko‘rgazmalar, sport musobaqalari hamda konsert chiqishlari namoyish etildi. “Talaba Fest” festivali talaba-yoshlarning iste’dod va salohiyatini yuzaga chiqarish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat va hamkorlik muhitini rivojlantirishga xizmat qilgan unutilmas bayramga aylandi.






O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

DIQQAT, HURMATLI TALABGORLAR VA FUQAROLAR!
O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali vakillari Tuproqqal’a tumanidagi 17-son umumta’lim maktabida tadbir o‘tkazishdi
Filial xodimlari tomonidan Tuproqqal'a tumanidagi maktablarda o'quvchilarning bo'sh vaqtlari mazmuni tashkil qilinmoqda
FILIAL DIREKTORI YANGI O'QUV BINOSINING QURILISH ISHLARI BILAN TANISHDI

Videolavhalar