uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

“Narkojinoyatga qarshi kurash — har birimizning burchimiz!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

2026-yil 20-may kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali tashabbusi bilan “Narkojinoyatga qarshi kurash — har birimizning burchimiz!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalarining zararli oqibatlarini keng tushuntirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jamiyatda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Mazkur uchrashuvda filial direktori M.B.Kuchkarov ishtirok etib, professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Suhbat davomida u giyohvandlikka qarshi kurashda ta’lim muassasalarining o‘rni beqiyos ekanini ta’kidlab, har bir pedagog va xodim yoshlar tarbiyasida mas’uliyat bilan yondashishi lozimligini alohida qayd etdi.
Tadbirda  filial jamoasi tomonidan talaba-yoshlar o‘rtasida profilaktik ishlarni kuchaytirish, sog‘lom hayot tarzini targ‘ib etish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi. Shuningdek, narkojinoyatlarning jamiyat barqarorligiga salbiy ta’siri, uning oldini olishda hamkorlikdagi ishlar muhimligi yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Umuman olganda, mazkur davra suhbati jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish hamda narkojinoyatlarga qarshi kurashda hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qildi.




O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar