uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Komiljon Otaniyozov uy-muzeyiga ma’naviy-ma’rifiy tashrifi!

Bugun, 2026-yil 18-may kuni Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali bir guruh xodimlari Komiljon Otaniyozov uy-muzeyiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida filialning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, dotsent M.Masharipov, “Lazgi” bo‘limi boshlig‘i Z.Yoqubova, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i B.Ro‘zmetova hamda boshqa xodimlar milliy san’atimiz va madaniy merosimizni o‘zida mujassam etgan muzey faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Muzey eksponatlari, Komiljon Otaniyozovning boy ijodiy merosi, san’at va madaniyat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Tashrif ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, milliy qadriyatlarimizni asrash va targ‘ib etish borasidagi fikr almashinuvlariga sabab bo‘ldi.



O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar