uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Ilm yo‘lida izlanayotgan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi

Bugun, 2026-yil 14-may kuni Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida magistratura va doktoranturaga tayyorgarlik koʻrayotgan, ushbu yoʻnalishlarda tahsil olayotgan hamda ilmiy faoliyat bilan shugʻullanayotgan yosh xodimlar va talabalar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Yoshlar kuni doirasida tashkil etilgan mazkur uchrashuvda filial direktori M.Kuchkarov ilm yoʻlida izlanayotgan, bilim olish va ilm-fan bilan shugʻullanishga intilayotgan yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash filial rahbariyatining doimiy eʼtiborida ekanligini taʼkidladi. Shuningdek, u yoshlarni ilmiy izlanishlar olib borish, yangi gʻoyalar ustida ishlash va oʻz salohiyatini namoyon etishga daʼvat etdi.
Tadbir davomida iqtidorli talabalar bilan ishlash boʻyicha muhandis A.Saparbayeva startap loyihalar yuzasidan tushuntirishlar berib, yoshlarning innovatsion gʻoyalari va tashabbuslarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar bildirib oʻtdi.
Uchrashuv samimiy ruhda oʻtib, yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda kelgusidagi ilmiy faoliyatlari uchun zarur tavsiya va motivatsiyaga ega boʻldilar.





O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Jasorat bog‘ida ma’naviy yuksalish:
Yoshlar kuni doirasida uchrashuv hamda intellektual o'yin tashkil qilindi.
Kiber xavfsizlik va giyohvandlikka qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Ilm yo‘lida izlanayotgan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi

Videolavhalar