uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Sport va sogʻlom turmush targʻiboti yoʻlida

Bugun 2026-yil 13-may kuni Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, jamoa oʻrtasida sport va jismoniy faollikni keng ommalashtirish maqsadida “5000 qadam” yurish marafoni hamda badantarbiya mashgʻulotlari tashkil etildi.
Shuningdek, tadbir doirasida savatga toʻp tashlash, basketbol, stol tennis sport turlari boʻyicha qiziqarli musobaqalar oʻtkazildi. Unda filial xodimlari faol ishtirok etib, sportga boʻlgan qiziqish va jamoaviy hamjihatlik namunasini namoyon etdilar.
Musobaqalar davomida ishtirokchilar oʻzlarining chaqqonligi, epchilligi va sport mahoratini sinovdan oʻtkazdilar. Tadbir barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, sogʻlom turmush tarzining ahamiyatini yana bir bor namoyon etdi.












O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

KASBIY (IJODIY) IMTIHONLAR NATIJALARI
3-bosqich talabalari "Yiseniya" raqsi bilan ijodiy mahoratini namoyish etdi
“Oʻzbek raqsini oʻrganish uslubiyati” fanidan yakuniy nazorat imtihoni o‘tkazildi
Shovot tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Videolavhalar