uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Mushoira kechasi — shoira xotirasiga ehtirom

Bugun 2026-yil 13-may kuni Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida oʻzbek adabiyotining yorqin namoyandasi, xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva xotirasiga bagʻishlangan mushoira hamda ma'naviy-ma'rifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Mazkur tadbir filialning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi B.Sapayeva hamda fakultet dekani maslahatchisi M.Narbayeva tashabbusi bilan tashkil etildi. Tadbir davomida shoiraning sermazmun ijodi, Vatanga muhabbat, ona va ayol siymosini ulugʻlovchi sheʼrlari haqida atroflicha soʻz yuritildi.
Shuningdek, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi mutaxassisi Q.O‘razmetova tomonidan shoira hayoti va ijodiy faoliyati haqida maʼruza qilinib, uning oʻzbek adabiyoti rivojiga qoʻshgan munosib hissasi alohida taʼkidlandi.
Tadbir davomida talabalar tomonidan Xalima Xudoyberdiyeva qalamiga mansub sheʼrlar ifodali oʻqildi, mushoira ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. Bunday ma'naviy-maʼrifiy uchrashuvlar yoshlar qalbida adabiyotga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va maʼnaviy yuksalishni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar kuni doirasida uchrashuv hamda intellektual o'yin tashkil qilindi.
Kiber xavfsizlik va giyohvandlikka qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Ilm yo‘lida izlanayotgan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
“Narkojinoyatga qarshi kurash — har birimizning burchimiz!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Videolavhalar