uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Kiber xavfsizlik va giyohvandlikka qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

2026-yil 8-may kuni Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida “Kiber jinoyatchilikka qarshi kurash” hamda “Giyohvandlik — asr vabosi” mavzularida ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur tadbir yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning oldini olish, axborot xavfsizligi madaniyatini shakllantirish hamda kiber jinoyatchilikka qarshi immunitetni kuchaytirish maqsadida o‘tkazildi.

Uchrashuvda Xorazm viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari San’atbek Komilovich Salayev, Viloyat IIB TKX JKB tezkor xodimi, podpolkovnik Q.Jumanazarov, Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurash boshqarmasi katta ofitseri Sh.Ro‘zimatov hamda oliy toifali narkolog shifokor D.Eshchanov ishtirok etdi.

Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan internet tarmog‘ida uchrayotgan tahdidlar, turli firibgarlik holatlari, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvand moddalarning inson salomatligi va kelajagiga salbiy ta’siri haqida muhim ma’lumotlar taqdim etildi.

Uchrashuv yakunida filial xodimlari hamda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javob oldilar.









O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Jasorat bog‘ida ma’naviy yuksalish:
Ilmiy-amaliy seminar muvaffaqiyatli o‘tkazildi
Yoshlar kuni doirasida uchrashuv hamda intellektual o'yin tashkil qilindi.
Kiber xavfsizlik va giyohvandlikka qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Videolavhalar