Bugun 2026-yil 7-may kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida Payshanba yoshlar kuni doirasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda filial direktori M.Kuchkarov talabalar bilan samimiy suhbat qurib, ularning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslarini tingladi. Shuningdek, yoshlarning ta’lim jarayonidagi faolligi, ijodiy ishlari hamda kelgusidagi rejalari yuzasidan fikr almashildi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning faolligini oshirish, ularning muammolarini o‘rganish va takliflarini amaliy qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Mazkur intellektual bellashuvda filial talabalari faol ishtirok etib, o‘z bilim va tafakkur salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar. Qiziqarli va murosasiz bahslarga boy o‘tgan o‘yinda ishtirokchilar turli yo‘nalishlardagi savollarga jamoaviy hamkorlik asosida javob berdilar.Tadbirda filial direktori M.Kuchkarov ham jamoa a’zosi sifatida ishtirok etib, talabalar bilan bir safda bilimlar bellashuvida qatnashdi. Bu esa yoshlar uchun alohida motivatsiya va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Intellektual o‘yin davomida yoshlarning mantiqiy fikrlashi, tezkor qaror qabul qilishi va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalari yana bir bor namoyon bo‘ldi. Yoshlar uchun mazmunli tashkil etilgan ushbu tadbir ishtirokchilarda unutilmas taassurot qoldirdi.




Bog'lanish ma'lumotlari
O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy
+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz
Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00
