uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Rahbar va yoshlar uchrashuvi: sog‘lom turmush tarzi targ‘ib qilindi

Bugun 2026-yil 30-aprel kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida “Payshanba yoshlar kuni” munosabati bilan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.
Uchrashuv davomida filial direktori M.Kuchkarov talabalar bilan ochiq muloqot olib borib, sog‘lom turmush tarzining ahamiyati, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda zararli odatlardan yiroq bo‘lish masalalariga alohida to‘xtaldi.
Shuningdek, Urganch shahridagi 24-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamshirasi H.Madrahimova ham tadbirda ishtirok etib, talabalar bilan profilaktik suhbat o‘tkazdi.
U o‘z nutqida energetik ichimliklar, chekish va elektron sigaretalarning inson salomatligiga salbiy ta’siri haqida batafsil ma’lumot berib, yoshlarni sog‘lom hayot tarzini tanlashga chaqirdi.Tadbir samimiy ruhda o‘tib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Separatizm va millatchilikning salbiy oqibatlari mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Oila qadriyatlari va ixcham to‘ylar mavzusida ochiq dars tashkil etildi
“Ijtimoiy profilaktika samaradorligini oshirish” mavzusida profilaktik uchrashuv o‘tkazildi
Ilm va mehnatning yuksak e’tirofi

Videolavhalar