uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Ustozga ehtirom — 60 bahor sharafi bilan

Bugun, 2026-yil 30-aprel kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida quvonchga to‘la, samimiy va unutilmas tadbir bo‘lib o‘tdi.
Filialning fidoyi o‘qituvchisi Xabibulla Saitov o‘zining muborak 60 yoshini qarshi olar ekan, ushbu sana munosabati bilan tantanali qutlov marosimi tashkil etildi.
Tadbir davomida filial direktori M.Kuchkarov boshchiligida jamoa a’zolari ustozni samimiy tabriklab, unga sihat-salomatlik, uzoq umr, ijodiy barkamollik va kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tilashdi.
Ustozning ko‘p yillik mehnati, yosh avlod tarbiyasidagi beqiyos hissasi alohida e’tirof etildi.Xabibulla Saitov nafaqat mohir pedagog, balki o‘z kasbiga sadoqatli, insoniy fazilatlari bilan barchaga o‘rnak bo‘lib kelayotgan ustozdir.
Uning hayot yo‘li, fidokorona mehnati va san’atga bo‘lgan muhabbati ko‘plab shogirdlar qalbida chuqur iz qoldirgan.
Qutlov tadbiri iliq tilaklar, ezgu duolar va samimiy muhitda o‘tib, barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Ustozga bo‘lgan hurmat va ehtirom yana bir bor o‘z ifodasini topdi.




O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar