uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Ilmiy-ijodiy uchrashuv — tajriba va bilimlar almashinuvi

2026-yil 29-aprel kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida ilmiy-ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuv filial direktori M.Kuchkarovning kirish so‘zi bilan ochib berildi. Tadbirda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi dotsenti, filologiya fanlari doktori (DSc) H.Hamrayeva, shuningdek, J.Tashenev universitetidan doktor Sh.Karimova hamda Xalqaro hamkorlik va akademik mobillik markazi direktori S.Taniyev ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida mehmonlar filialning o‘qituvchi-xodimlari bilan o‘zlarining ilmiy va amaliy tajribalari, soha rivoji hamda adabiyot va san’at uyg‘unligi borasidagi bilimlari bilan o‘rtoqlashdilar. Qiziqarli savol-javoblar va samimiy muloqotlar tadbirga alohida ruh bag‘ishladi.
Shuningdek, uchrashuv yakunida mehmonlar tomonidan filial kutubxonasiga sohaga oid kitoblar tuhfa qilindi.
Mazkur tadbir o‘qituvchi-xodimlar uchun foydali va mazmunli o‘tdi.




O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar