uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Fuqaro muhofazasi oyligi doirasida targ‘ibot va tushuntirish ishlari o‘tkazildi

Bugun, 2026-yil 28-aprel kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida “Fuqaro muhofazasi oyligi” mazmun-mohiyatini xodimlar hamda talabalarga tushuntirish maqsadida yig‘ilish o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda Urganch shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi FVB FVPB katta inspektori, mayor T.Rahmonov, shuningdek FVB FVPB inspektori U.Rajabbayev, filial xodimlari va talabalari ishtirok etishdi.
Yig‘ilish davomida FVB xodimlari tomonidan gaz va elektr qurilmalaridan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish, favqulodda holatlar yuzaga kelganda qanday harakat qilish zarurligi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Ishtirokchilarga amaliy tavsiyalar va muhim ko‘rsatmalar yetkazildi.
Shuningdek, tadbir doirasida FVB xodimlari filial hududidagi elektr jihozlari, yong‘in o‘chirish vositalari va burchaklari hamda boshqa xavfsizlikka oid obyektlarni ko‘zdan kechirishdi.
Ushbu yig‘ilish fuqarolar muhofazasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni oshirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda xavfsizlik choralarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.




O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

KASBIY (IJODIY) IMTIHONLAR NATIJALARI
3-bosqich talabalari "Yiseniya" raqsi bilan ijodiy mahoratini namoyish etdi
“Oʻzbek raqsini oʻrganish uslubiyati” fanidan yakuniy nazorat imtihoni o‘tkazildi
Shovot tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Videolavhalar