uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

“Sun’iy intellektning zulmatli tomoni: moliyaviy firibgarlikdan ogohlantirish”

Bugun, 2026-yil 28-aprel kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida “Sun’iy intellektning zulmatli tomoni” mavzusida ogohlantiruvchi mashg‘ulot darsi tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida axborot texnologiyalari yordamida sodir etilayotgan moliyaviy firibgarlik holatlari, ularning turlari hamda bunday xavflardan himoyalanish choralariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir O'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari S.Pirnazarov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi M.Nurullayev hamda O‘quv-metodik ta’minot bo‘limi boshlig‘i D.Xo‘janiyozov tomonidan olib borildi.
Mazkur mashg‘ulot ishtirokchilarning axborot xavfsizligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qildi.


O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar