uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

2026-yil 23-aprel kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida “Rahbar va yoshlar” mavzusida uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari S.Pirnazarov hamda kafedra mudiri N.Abdiramanov ishtirok etib, talabalar bilan ochiq muloqot olib bordilar.
Uchrashuv davomida yoshlarning ta’lim jarayonidagi faolligini oshirish, ularning qiziqish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, kelgusidagi rejalar va maqsadlar haqida fikr almashildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar hamda o‘z taklif va mulohazalarini bildirish imkoniga ega bo‘ldilar.
Bunday uchrashuvlar yoshlar bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammolarini o‘rganish va ijobiy yechimlar topishda muhim ahamiyat kasb etadi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar