uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

“To‘maris izdoshlari”: filialda talaba-qizlar o‘rtasida sportmusobaqalari tashkil qilindi

2026-yil 22-aprel kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida “To‘maris izdoshlari” sport musobaqasining filial bosqichi g‘oliblari aniqlandi.
Mazkur musobaqa Xotin-qizlar maslahati kengashi raisi B.Sapayeva, fakultet dekani M.Amanbayeva hamda filial yoshlar yetakchisi M.Ollaberganova tashabbusi bilan yuqori saviyada tashkil etildi.Musobaqa davomida talaba-qizlar turli yo‘nalishlarda o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar. Jumladan, yugurish, estafeta, darts uloqtirish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish shartlari bo‘yicha qizg‘in bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Har bir ishtirokchi nafaqat jismoniy tayyorgarligini, balki tezkor fikrlash, hamjihatlik va ijodkorlik qobiliyatini ham namoyish etdi.
Ushbu musobaqa talaba-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, jamoaviylik ruhini mustahkamlash hamda xotin-qizlarning sport va ijtimoiy faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.




O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Separatizm va millatchilikning salbiy oqibatlari mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Oila qadriyatlari va ixcham to‘ylar mavzusida ochiq dars tashkil etildi
“Ijtimoiy profilaktika samaradorligini oshirish” mavzusida profilaktik uchrashuv o‘tkazildi
Ilm va mehnatning yuksak e’tirofi

Videolavhalar