uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

“Milliy o‘zlik" mavzusida navbatdagi mashg'ulot o'tkazildi

Bugun, 2026-yil 21-aprel kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida navbatdagi “Kelajak soati” mashg‘uloti tashkil etildi. Ushbu darsning mavzusi “Milliy o‘zlik” bo‘lib, unda yoshlarning milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish, o‘zligini anglash va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mashg‘ulotni o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari S.Pirnazarov olib bordi. U o‘z nutqida milliy o‘zlikni anglash har bir insonning ma’naviy kamolotida muhim o‘rin tutishini ta’kidlab, yoshlarni milliy an’analar, urf-odatlar va madaniy merosni asrab-avaylashga chorladi.
Dars davomida talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, mavzu yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, milliy o‘zlikni shakllantirishda ta’lim-tarbiya, san’at va madaniyatning o‘rni haqida atroflicha tushunchalar berildi.
Mazkur “Kelajak soati” mashg‘uloti talabalarda milliy g‘urur va o‘zlikni anglash tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Separatizm va millatchilikning salbiy oqibatlari mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Oila qadriyatlari va ixcham to‘ylar mavzusida ochiq dars tashkil etildi
“Ijtimoiy profilaktika samaradorligini oshirish” mavzusida profilaktik uchrashuv o‘tkazildi
Ilm va mehnatning yuksak e’tirofi

Videolavhalar