uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

“Jaholatga qarshi ma’rifat” – dolzarb mavzudagi uchrashuv

Bugun, 2026-yil 20-aprel kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Xalqaro Islomshunoslik akademiyasi 1-bosqich magistranti Boburbek Egamberganov hamda Din ishlari bo‘yicha qo'mitaning Urganch shahar bosh mutaxassisi Oybek Vaisov ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida bugungi zamonaviy davrda yoshlarni turli zararli g‘oyalardan asrash, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, ijod va san’atning jamiyatdagi o‘rni, ommaviy madaniyatning ta’siri, ijtimoiy xavfsizlik, soxta psixologik kurslar, taqiqlangan adabiyotlar hamda ijtimoiy tarmoqlardagi zararli axborotlar haqida atroflicha fikr yuritildi.
Shuningdek, diniy kontentni to‘g‘ri tushunish, diniy liboslarga nisbatan ongli yondashuv va ishonchli manbalardan bilim olish muhimligi alohida ta’kidlandi.
Tadbir davomida talabalar va xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.
Mazkur uchrashuv yoshlar ongida ma’rifatni yuksaltirish, ularni hushyorlikka undash va turli tahdidlarga nisbatan mustahkam pozitsiya shakllantirishga xizmat qildi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar