uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

“Kelajak soati” doirasida kitobxonlikka bagʻishlangan “Ma’rifat darslari” o‘tkazildi

2026-yil 13-aprel kuni Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida “Kelajak soati” doirasida “Ma’rifat darslari” tashkil etildi.
"Kitobxonlik" mavzusidagi mazkur tadbir yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularni ilm-ma’rifatga boʻlgan qiziqishini oshirish hamda ma’naviy dunyoqarashini boyitishga qaratildi.
Kitobxonlik mavzusidagi navbatdagi mashgʻulotni Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari S.Pirnazarov olib bordi. Mashgʻulot davomida talabalarga kitob mutolaasining inson hayotidagi oʻrni, uning tafakkur va dunyoqarashni kengaytirishdagi ahamiyati haqida atroflicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, yoshlar oʻrtasida kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishni oshirish yoʻllari, samarali mutolaa qilish usullari haqida ham fikr almashildi.
Tadbir davomida talabalar oʻzlari mutolaa qilgan asarlar haqida fikr bildirdilar, sevimli kitoblari bilan oʻrtoqlashdilar hamda qiziqarli savol-javoblarda faol ishtirok etdilar.
Mazkur “Ma’rifat darslari” yoshlarni kitobga mehr qoʻyish, ularni intellektual va ma’naviy jihatdan yetuk shaxs etib tarbiyalashda muhim oʻrin tutadi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar kuni doirasida uchrashuv hamda intellektual o'yin tashkil qilindi.
Kiber xavfsizlik va giyohvandlikka qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Ilm yo‘lida izlanayotgan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
“Narkojinoyatga qarshi kurash — har birimizning burchimiz!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Videolavhalar