uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

“Talabalar bahori – 2026”: yoshlar iqtidorini namoyon etgan haftalik

Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning iqtidor va iste’dodlarini qo‘llab-quvvatlash hamda ijodiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida 2026-yil 8–11-aprel kunlari “Talabalar bahori – 2026” haftaligi keng ko‘lamda tashkil etildi.
Mazkur haftalik doirasida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida festivalning ochilish marosimi yuqori saviyada o‘tkazilib, unda professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va filial jamoasi faol ishtirok etdi.
Filial direktori M.B.Kuchkarov tomonidan ochib berilgan tadbirda haftalikning mazmun-mohiyati, yoshlar hayotidagi o‘rni va ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Haftalik davomida talabalar uchun turli sport musobaqalari, jumladan futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat-shashka bellashuvlari, shuningdek “Street workout” yo‘nalishlari tashkil etildi.
Shu bilan birga, “Zakovat” intellektual o‘yini, mushoira kechasi, milliy liboslar ko‘rgazmasi kabi ma’naviy-ma’rifiy va ijodiy tadbirlar ham o‘tkazildi.
Bundan tashqari, “Start-up” mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etilib, talabalarning ilmiy izlanishlarga bo‘lgan qiziqishi yanada oshirildi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida esa faol ishtirokchilar tomonidan ko‘chatlar ekilib, atrof-muhitni asrashga hissa qo‘shildi.
Haftalik yakunida faol qatnashgan talabalar filial rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bu kabi e’tiroflar yoshlarning ijodiy faolligini oshirish, ularni yangi yutuqlarga ruhlantirish va kelajakda yanada katta marralarni zabt etishga undaydi. Faol va iqtidorli yoshlar esa yurtimiz kelajagining mustahkam poydevoridir.






O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

“Kelajak soati”: O‘zbek madaniyatiga bag‘ishlangan ma’rifat darsi
FILIAL XODIMI "MIRZO ULUG'BEK VORISLARI" TANLOVIDA HAKAMLAR HAY'ATI A'ZOSI
NAVRO'Z SAYLI TASHKIL QILINDI: SUMALAK PARTY - 2026
“Kitobxon yoshlar ligasi” tanlovi targ‘iboti o‘tkazildi

Videolavhalar