uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Ochiq muloqot: talabalar takliflari va rahbariyat e’tibori

 2026-yil 2-aprel kuni Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida, payshanba – Yoshlar kuni doirasida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda filial direktori M.B.Kuchkarov sirtqi ta’lim yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalar bilan bevosita uchrashib, ular bilan ochiq muloqot olib bordi.
Uchrashuv davomida talabalar tomonidan turli masalalar koʻtarildi. Xususan, dars jadvali, amaliyot jarayonlari, kredit-modul tizimi hamda ta’lim jarayonida duch kelinayotgan muammolar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Talabalar oʻz takliflarini erkin bayon qilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha oʻz qarashlarini taqdim etdilar.
Filial direktori M.B.Kuchkarov talabalarning murojaatlarini diqqat bilan tinglab, bildirilgan taklif va muammolardan kelib chiqib, Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, Xoreografiya fakulteti dekani, Registrator ofis hamda kafedra mudiriga   aniq topshiriq va koʻrsatmalar berdi.
Mazkur uchrashuv ochiq va samimiy muloqot tarzida oʻtib, talabalar bilan rahbariyat oʻrtasida oʻzaro fikr almashish, muammolarni joyida hal etish hamda ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiluvchi muhim platforma boʻldi.



O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar kuni doirasida uchrashuv hamda intellektual o'yin tashkil qilindi.
Kiber xavfsizlik va giyohvandlikka qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Ilm yo‘lida izlanayotgan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
“Narkojinoyatga qarshi kurash — har birimizning burchimiz!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Videolavhalar