uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

“Kelajak soati”: O‘zbek madaniyatiga bag‘ishlangan ma’rifat darsi

⚡️2026-yil 1-aprel kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida navbatdagi ma’rifat darslari tashkil etildi. “Kelajak soati” loyihasi doirasida o‘tkazilgan ushbu mashg‘ulotning galdagi mavzusi “O‘zbek madaniyati”ga bag‘ishlandi.
Mashg‘ulot davomida milliy qadriyatlarimiz, boy madaniy merosimiz hamda ularning bugungi kundagi ahamiyati haqida atroflicha fikr yuritildi.
Talabalar o‘zbek xalqining urf-odatlari, san’ati va an’analari borasida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Darsni filial direktori M.Kuchkarov hamda O‘zbekiston xalq artisti, professor G.Matyoqubova olib bordilar. Ular tomonidan mavzu yuzasidan berilgan chuqur va mazmunli tushuntirishlar yoshlarning milliy madaniyatimizga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.
Shuningdek, “Lazgini quyosh raqsi deb bilamiz” mavzusida G.Matyoqubova bilan bevosita suhbat tashkil etildi. Suhbat davomida Lazgi raqsining tarixi, mazmun-mohiyati va uning o‘zbek milliy san’atidagi o‘rni haqida qimmatli fikrlar bildirildi.
Mazkur ma’rifiy mashg‘ulot talabalarning ma’naviy dunyoqarashini boyitishda muhim ahamiyat kasb etdi.




O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar kuni doirasida uchrashuv hamda intellektual o'yin tashkil qilindi.
Kiber xavfsizlik va giyohvandlikka qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Ilm yo‘lida izlanayotgan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
“Narkojinoyatga qarshi kurash — har birimizning burchimiz!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Videolavhalar