uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

“Kitobxon yoshlar ligasi” tanlovi targ‘iboti o‘tkazildi

Bugun, 2026-yil 31-mart kuni Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali Axborot-resurs markazi (ARM) tomonidan targʻibot tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida talabalar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn kitobxonlik tanlovining 2026-yilgi 1-mavsumi e’lon qilingani haqida ma’lumot berildi. Tanlov shartlari va unda ishtirok etish tartibi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Tadbir doirasida Y.Bektimirova tomonidan talabalar uchun mazkur tanlovning ahamiyati, imkoniyatlari hamda ishtirok etish jarayoni haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, tanlovda faol ishtirok etishga chaqirildi.
Mazkur tadbir yoshlarning kitobga boʻlgan qiziqishini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda bilim va tafakkurini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

KASBIY (IJODIY) IMTIHONLAR NATIJALARI
3-bosqich talabalari "Yiseniya" raqsi bilan ijodiy mahoratini namoyish etdi
“Oʻzbek raqsini oʻrganish uslubiyati” fanidan yakuniy nazorat imtihoni o‘tkazildi
Shovot tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Videolavhalar