uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

“Voleybol — xotin-qizlar o‘rtasida ahillik va sog‘lom turmush tarzi timsoli”

2026-yil 28-mart kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Ushbu sport tadbiri jamoa a’zolari o‘rtasida ahillik va hamjihatlikni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida o‘tkazildi.
Musobaqada asosan xotin-qizlar faol ishtirok etib, o‘zlarining chaqqonligi, jamoaviyligi va sportga bo‘lgan mehrini namoyon etdilar.
O‘yinlar davomida ishtirokchilar o‘zaro hurmat, qo‘llab-quvvatlash va jamoa bo‘lib harakat qilish muhimligini amalda ko‘rsatdilar. 
Bu esa musobaqaning yanada qiziqarli va mazmunli o‘tishiga xizmat qildi.
Mazkur tadbir xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy faollikni oshirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Yakunda ishtirokchilar ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib, bunday sport musobaqalarini muntazam ravishda o‘tkazish zarurligini ta’kidladilar.


O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar