uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

“Sport — ahillik va sog‘lom turmush garovi”

2026-yil 28-mart kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida xodimlar va talabalar ishtirokida futbol musobaqasi tashkil etildi.
Mazkur sport tadbiri jamoa a’zolari o‘rtasida ahillik va hamjihatlikni mustahkamlash, do‘stona muhitni shakllantirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratildi.
Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘zaro hurmat, jamoaviylik va sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar.
Har bir o‘yin nafaqat raqobat, balki bir-birini qo‘llab-quvvatlash, jamoa bo‘lib harakat qilishning muhimligini yana bir bor ko‘rsatdi.
Bunday tadbirlar yoshlar va xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish va jismoniy faollikni oshirishda katta ahamiyat kasb etadi.
⚽️ Tadbir yakunida ishtirokchilar ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib, kelgusida ham shunday sport musobaqalarini muntazam ravishda o‘tkazish zarurligini ta’kidladilar.












O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

KASBIY (IJODIY) IMTIHONLAR NATIJALARI
3-bosqich talabalari "Yiseniya" raqsi bilan ijodiy mahoratini namoyish etdi
“Oʻzbek raqsini oʻrganish uslubiyati” fanidan yakuniy nazorat imtihoni o‘tkazildi
Shovot tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Videolavhalar