2026-yil 28-mart kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida talaba yoshlar o‘rtasida kiberxavfsizlik madaniyatini oshirish hamda narkojinoyatchilikka qarshi kurashishga qaratilgan profilaktik uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur tadbirda filial direktori M.Kuchkarov hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi M.Nurullayev ishtirok etib, dolzarb mavzular yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Uchrashuv davomida yoshlar o‘rtasida internet tarmog‘idan xavfsiz foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, turli kiberxavf va tahdidlardan ogoh bo‘lish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, narkojinoyatchilikning salbiy oqibatlari, uning jamiyat va yoshlar kelajagiga ko‘rsatadigan zararli ta’siri haqida tushuntirishlar berildi.
Tadbir yakunida talabalarning qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berilib, yoshlarni huquqbuzarliklardan yiroq bo‘lishga, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga chaqirildi.
Bog'lanish ma'lumotlari
O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy
+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz
Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00
